📚 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
✅ Umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun ta’tillar o’quv yili davomida 4 bosqichda:
— kuzgi ta’til - 4 noyabrdan 6 kalendar kunga;
— qishki ta’til - 28 dekabrdan 14 kalendar kunga;
— bahorgi ta’til - 21 martdan 7 kalendar kunga;
— yozgi ta’til - nazorat sinovlari tugagan kundan boshlab 1 sentyabrga qadar davom etadi.
Shuningdek, 1-sinf o’quvchilari uchun fevral oyi davomida qo’shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Joriy o‘quv yilining 2-chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabrdan 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi.
🗓️3-chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.