
Alisher Navoiy (1441 , 9 - fevral - 1501 , 3 - yanvar) ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan. G‘arbda adabiyotining buyuk vakilideb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.
Sharofiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa , 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid , 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
OʻXSHAMAS
Charx avzoi bu dam, avvalgilarga o‘xshamas,
Ko‘nglim ichra dardu g‘am, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham, avvalgilarga o‘xshamas.
Har kishi kim bir ulug‘ ishga yetibdur jon misor,
Shiddati pastu baland kelganda ham qilmaydi or,
Ey falak, hech kimni qilma besamar yo‘llarda xor,
Jabridin erdi alamlar endi tutmish o‘zga yor,
Ne sitam endi kimdir alam, avvalgilarga o‘xshamas.
Ona Sharq tojin kiyib zulmatda ushlatmang meni,
Bodai haq mastiman yolg‘onga uyg‘otmang meni,
O‘z xayolimga qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnunga o‘xshatmang meni,
Kim bu rasvoi ajam, avvalgilarga o‘xshamas.
Kotibi rahmu raqam, avvalgilarga o‘xshamas,
Endi inson qadri ham, avvalgilarga o‘xshamas