Mavzu: 47-DARS. ILOVAGA MA’LUMOTLAR KIRITISH
O’tkazish sanasi: ___________________
O’tkazish joyi: ___-maktab. Informatika xonasi № ___
Darsning maqsadi: | Ta’limiy: O’quvchilarga ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish obyekti va uning xossalariEdit boshqarish obyektining boshqa xossalari foydalanuvchini qutlash ilovasi o’rgatish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish. Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish | |
Kompetensiya | TK: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarning mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash; FOK: o`rganilgan asarlarning qahramonlarini ajrata oladi; o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi. | |
Dars usuli | suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari. | |
Dars turi | Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi. | |
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi | O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob. O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy. O’qitish vositalari:10-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, “Jajji bilimdon” jurnali. Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar. | |
Ishlash bosqichlari vaqti | Faoliyat mazmuni | |
O’qituvchi | O’quvchilar | |
1-bosqich. Mavzuga kirish. (8-daqiqa) | Darsni tashkillashtish. Uy vazifalarini tekshirish, savol-javob o’tkazish, natijalarni tahlil etish (5 daqiqa) O’quv mashg’ulotining mavzusi maqsadi, rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini e’lon qiladi: | Darsga tayyorlanadi. Vazifalarni bajaradi, savollarga javob beradi. Maqsad va rejani diqqat bilan tinglaydi yoki yozi oladi. |
2-bosqich. Asosiy. (33 daqiqa) | hujjatlarda rasmlar bilan ishlashni o’rgatish, mavzuni mustahkamlash. (33 daqiqa) | Vazifalarni bajaradi, tushunmagan joylarida savol beradi. |
3-bosqich. Yakuniy. (4 daqiqa) | O’quvchilar olgan bilimlari baholanadi. Uyga topshiriq va savollar beriladi.
| Qo’shimcha savollarga javob beradi, topshiriqlarni bajaradi. Vazifalarni yozib oladi. |
Asosiy tushunchalar:
Mavzuni yoritish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.'
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
1. Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish obyekti va uning xossalari. Har qanday ilova ma’lumotlarni chiqarishi bilan birga unga ma’lumotlarni kiritish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Delphi muhitida buning
eng sodda usuli ilova oynasiga Edit (Kiritish maydonchasi) boshqarish obyektini kiritishdir. Bu obyekt boshqarish obyektlarining standart panelida oltinchi bo‘lib joylashgan va uning yorlig‘i .Bu obyektning ko‘plab xossalari ilova oynasi obyekti Formniki kabi. Unda ham Left, Top, Width, Height xossalari bor. Unda Caption xossasi yo‘q. Shuning uchun u odatda Label obyekti bilan birga ishlatiladi. Uning asosiy xossasi Text (Matn) bo‘lib, unga kiritilgan matn satri shu xossada saqlanadi. Agar bu xossaga biron bir matn satri qiymatini bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks etadi.
2. Edit boshqarish obyektining boshqa xossalari. Edit obyektining yana bir foydali xossasi MaxLength deb ataladi. Uning yordamida maydonchaga kiritiladigan matn satri uzunligini chegaralash mumkin. Masalan, maydonchaga o‘quvchining tug‘ilgan yili kiritilishi kerak bo‘lsa, MaxLengthni 4 ga teng qilib olish ko‘p hollarda unga adashib boshqa ma’lumotlarni kiritib yuborishning oldini oladi. Edit obyektining yana bir foydali xossasi Font bo‘lib, uning yordamida maydonchaga kiritiladigan matn uchun shriftni, shrift o‘lchami, rangi va
shriftning yana bir qator xossalarini o‘rnatish mumkin.
3. Foydalanuvchini qutlash ilovasi. Ilovada foydalanuvchi o‘z nomini va hamma uchun umumiy bo‘lgan parol: “12345” ni kiritishi kerak bo‘lsin. Buning uchun Delphida yangi ilova yaratamiz va uning oynasiga ikkita
Label, uchta Edit, bitta Button obyektini kiritamiz. Ularning xossalarini obyekt inspektori (Object Inspector)da quyidagicha o‘zgartiramiz:
Form1.Caption:=’Oltinchiilova’;Label1.Caption:=’’;
Label2.Caption:=’’;Button1.Caption:=’OK’;
Edit1.Text:=’’;Edit2.Text:=’’;Edit3.Text:=’’;
Edit2.Passwordchar:=#42;Edit3.ReadOnly:=True;
Amaliy ish:
Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Edit boshqarish obyekti qanday vazifa bajaradi?
2. Edit obyektining Text xossasida nima saqlanadi?
3. Edit obyektining ReadOnly xossasi qanday vazifa bajaradi?
4. Oltinchi ilovada parolni a) “I7:7200U”; b) “123-12-20” ga
almashtiring.
5. Oltinchi ilovada Edit3 o‘rniga ShowMessage buyrug‘idan
foydalaning.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa berish:
1. Edit obyektining MaxLength xossasi qanday vazifa bajaradi?
2. Edit obyektining PasswordChar xossasi qanday vazifa bajaradi?
O’IBDO’: _________________________